Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan reimbursatsiya dasturiga kiritilgan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. Hujjat 2027-yil 1-yanvardan keyin kuchga kiradi.

Ro‘yxat Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan kelishilgan bo‘lib, unga onkologik, ruhiy, yurak-qon tomir, endokrin va boshqa kasalliklarni davolash uchun 69 ta preparat kiritilgan. Ular orasida Aspirin, Bisoprolol, Omeprazol, Tramadol, Ambroksol, kaliy yodid, Geparin bor.

Reimbursatsiya – bu surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan buyurilgan dori vositalari xarajatlarining qoplanishi. Oila shifokorining elektron retsepti bo‘yicha bemor Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarda dori vositalarini bepul oladi.

Ushbu dastur doirasida dori vositalarini berish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan “Ambulator sharoitda kasalliklarni davolashda dori vositalari xarajatlarini reimbursatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.

Source: kun.uz