Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va joriy yilda daromad olgan 1100 nafar xonanda va ijrochi soliq deklaratsiyasini topshirgan.

Deklaratsiyalarga ko‘ra, e’lon qilingan daromad qariyb 6,5 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, soliqqa tortiladigan daromad 5 milliard so‘mni, hisoblangan soliq summasi esa 600 million so‘mni tashkil qilgan.

Reyting guruhlari bo‘yicha taqsimot: 1-guruhda 47 kishi 1 495,8 million so‘m daromad, soliqqa tortiladigan daromad 1 173,1 million so‘m va 140,8 million so‘m shaxsiy daromad solig‘i; 2-guruhda 100 kishi 901,4 million so‘m daromad, 699 million so‘m soliqqa tortiladigan daromad va 83,9 million so‘m soliq; 3-guruhda 953 kishi 4 081,3 million so‘m daromad, 3 219,7 million so‘m soliqqa tortiladigan daromad va 375,2 million so‘m soliq to‘lagan.

Daromad miqdori bo‘yicha: 1 million so‘mgacha – 375 deklaratsiya (o‘rtacha soliq 54,4 ming so‘m); 10 million so‘mgacha – 576 deklaratsiya (o‘rtacha 420,7 ming so‘m); 20 million so‘mgacha – 102 deklaratsiya (o‘rtacha 1,3 million so‘m); 40 million so‘mgacha – 28 deklaratsiya (o‘rtacha 2,7 million so‘m); 60 million so‘mgacha – 12 deklaratsiya (o‘rtacha 5 million so‘m); 152 million so‘mgacha – 7 deklaratsiya (o‘rtacha 10,7 million so‘m).

Source: kun.uz