Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya hududida yashash uchun ruxsatnoma (ikamet izni) rasmiylashtirish bilan bog‘liq davlat bojlari miqdori keskin oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, 1-maydan boshlab ayrim toifalar uchun bu miqdor 930 foizga oshgani da’vo qilingan edi.

Turkiya Migratsiya boshqarmasi rasmiy bayonotida ushbu xabarlarni rad etdi. Boshqarma matbuot xizmati to‘lovlar har yili G‘aznachilik va Moliya vazirligi tomonidan belgilanishini, ammo hozirgi kunda hech qanday o‘zgarish kiritilmaganini ma’lum qildi.

Hukmron “Adolat va taraqqiyot partiyasi” (AKP) raisi o‘rinbosari va Turkiy davlatlar bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Kurshad Zorlu ham mavjud tizim amaldagi narxlar asosida davom etishini ta’kidladi. U, ayniqsa, Turkiy dunyodan kelgan qardoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilishini bildirdi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ham rasmiy munosabat bildirib, tarqalgan xabarlar hech qanday rasmiy manba tomonidan tasdiqlanmaganini va huquqiy asosga ega emasligini qayd etdi. Elchixona fuqarolarni faqat Turkiya vakolatli organlari va O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari rasmiy ma’lumotlariga tayanishga chaqirdi.

Source: www.gazeta.uz