Samarqand xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgga uchayotgan yo‘lovchining qo‘l yukini ko‘zdan kechirish chog‘ida bojxona va aviatsiya xavfsizligi xodimlari g‘ayrioddiy narsalarni aniqladilar.
Yukda Aladdin haqidagi ertaklardagi mashhur “sehrli chiroq”ni eslatuvchi yoritish moslamasi, shuningdek, ikki qadimiy tanga bor edi. Ushbu buyumlar belgilangan tartibda deklaratsiya qilinmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tangalar tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar bu nafaqat bojxona qoidalarini buzish, balki madaniy boyliklarni olib chiqishga urinish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Hozirda ushbu fakt bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Buyumlarning kelib chiqishi va madaniy-tarixiy qiymatini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston chegara postlarida bojxona xodimlari qimmatbaho buyumlarni yashirin olib o‘tishga urinishlarning bir nechta holatlarini oldini olgan edi. Musodara qilingan zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 500 million so‘mdan oshgan.
Source: podrobno.uz