Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezidentning “Ugam daryosining tabiiy gidrologik rejimi va biologik xilma-xilligini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi Ugam daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi.

2026-yil 1-iyundan boshlab daryoning qirg‘oq va suv muhofazasi zonalarida tabiiy gidrologik tizim va ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday qurilish, yer ishlari va sun’iy inshootlarni barpo etish qat’iyan taqiqlanadi.

Xususan, daryo havzasi va uning irmoqlarida gidrotexnik, gidromeliorativ inshootlar, binolar, gidroenergetika ob’ektlari, suvni tartibga solish va oqizish inshootlarini qurish to‘liq taqiqlanadi (faoliyat ko‘rsatayotgan gidroenergetika ob’ektlarini rekonstruksiya qilish bundan mustasno).

Shuningdek, “Ugam daryosi” davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida qurilish uchun yer uchastkalarini ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ugam daryosining qirg‘oq va suv muhofazasi zonalarida joylashgan ob’ektlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini va ekologik talablarga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tarkibi va uning asosiy vazifalari tasdiqlandi.

Source: kun.uz