Toshkent shahridagi qurilish maydonchasida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida ikki nafar ishchi jarohat oldi. Hodisa Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish konstruksiyasining qulashi oqibatida ishchilar ostida qolgan. Voqea joyiga tez yordam va qutqaruv xizmati xodimlari yetib kelgan.
Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qurilish kompaniyasi rahbariyati voqeani tekshirish uchun maxsus komissiya tuzilganini ma’lum qildi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganligi aniqlansa, javobgarlar jazolanishi kutilmoqda.
Source: uznews.uz