Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva 4-may kuni Toshkentda Malayziya qirolichasi Rajo Zarith Sofiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati, noyob ijod namunalari, milliy liboslar bilan tanishdi, shuningdek, o‘zbek xalqining boy an’ana va urf-odatlari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Issiq va ochiq muhitda o‘tgan suhbatda tomonlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Source: kun.uz