Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi sanoat obyektida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Videoda 130 tonnalik BelAZ karer samosvali yonayotgani ko‘rsatilgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) hodisani tasdiqladi va voqea 5 aprel kuni soat 06:15 atrofida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Yong‘in 3-sonli transport sexiga biriktirilgan BelAZ-75131 samosvalining dvigatel bo‘limida boshlangan.

Yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Haydovchi hech qanday jarohat olmagan. Yong‘in texnologik transport boshqarmasining ko‘ngilli yong‘in o‘chirish guruhi tomonidan tezda bartaraf etilgan.

Hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, natijasida mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Source: kun.uz