7-maydan 9-mayga qadar Toshkent shahrida Tashkent Flowers Fest 2026 festivali o‘tkazilmoqda. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uch kun davom etadigan bayram tadbirlari Milliy kutubxona oldidagi maydonda soat 10:00 dan 22:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul.
Festival doirasida gullar ko‘rgazmasi, badiiy jamoalar chiqishlari, san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari va boshqa interaktiv ko‘ngilochar dasturlar namoyish qilinmoqda. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu yilgi festivalda 2,5 milliondan ziyod gul va butalar, shuningdek, 10 mingga yaqin daraxt va butalar ishlatilgan.
Tadbir munosabati bilan maydonga tutash hududlardagi ko‘chalarda transport vositalari harakati 11-maygacha cheklangan. Shahar aholisi va mehmonlari festivaldan bahramand bo‘lish uchun jamoat transportidan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Source: www.gazeta.uz