Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 6-may holatiga O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni 60 nafarni tashkil etmoqda.
Ular orasida 19 nafar konslager tutquni, 14 nafar urush qatnashchisi, 14 nafar urush nogironi va 13 nafar Leningrad qamali qatnashchisi bor.
Faxriylarning hududlar bo‘ylab joylashuvi: Toshkent shahri – 17 nafar, Toshkent viloyati – 9 nafar, Buxoro viloyati – 7 nafar, Farg‘ona viloyati – 6 nafar, Samarqand viloyati – 5 nafar, Andijon viloyati – 4 nafar, Namangan viloyati – 3 nafar, Jizzax viloyati – 2 nafar, Qashqadaryo viloyati – 2 nafar, Xorazm viloyati – 2 nafar, Surxondaryo viloyati – 1 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida esa birorta ham urush qatnashchisi qolmagan. Bir yil avval umumiy ro‘yxat 82 nafarni tashkil qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi.
Source: www.gazeta.uz