Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 5 yoshli bola chuqurga o‘rnatilgan quvur ichiga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Hodisa 13:47 da tumandagi Saksonota mahallasida joylashgan xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Navbatchilik qismiga qarovsiz qolgan bola quvur ichiga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida bolani qisqa vaqt ichida quvur ichidan olib chiqqan.

Qutqarilgan bola tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Shifokorlar uning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

Source: www.gazeta.uz