Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida o‘zini kanalga tashlagan voyaga yetmagan qizning hayoti saqlab qolindi, deya xabar qildi viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, tuman Ekologiya bo‘limi inspektorlari navbatdagi reyd tadbirini o‘tkazayotgan vaqtda hududdan oqib o‘tuvchi Achchiqko‘l kanali ustidagi ko‘prikdan qizning suvga sakraganini ko‘rib qolgan.

Qayd etilishicha, qiz o‘z joniga qasd qilish maqsadida kanalga sakragan. Hodisani taxminan 200 metr masofadan payqagan ekologik nazorat inspektorlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, uni suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Shundan so‘ng qizga birinchi yordam ko‘rsatilgan, tegishli xizmatlar hamda uning yaqinlariga xabar berilgan.

Source: www.gazeta.uz