Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Asialuxe Travel turistik kompaniyasi 20-21 iyun kunlari o‘tkaziladigan CHILLA SALE aksiyasini e’lon qildi. Ushbu aksiya davomida sayohatchilar eng mashhur yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus narxlardan foydalanishlari mumkin.

Aksiya yozning eng jazirama davri boshlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, talabgir yozgi marshrutlar bo‘yicha takliflarni birlashtiradi. Jumladan, Toshkent va Samarqanddan Antaliyaga, Bodrum, Dalaman hamda Karlovi Vari kabi yo‘nalishlarga turlar va aviachiptalar narxlari pasaytirilgan.

«Yoz sayohat uchun eng faol mavsumlardan biri. Biz sayyohlarga qulay shartlarda dam olishni tanlash va maxsus narxlarda eng yaqin reyslarni bron qilish imkoniyatini bermoqchimiz. CHILLA SALE – bu ta’tilni hozirdanoq rejalashtirayotganlar uchun 48 soatlik issiq takliflar», – deydi Asialuxe Travel vakillari.

Aksiyada quyidagi yo‘nalishlar ishtirok etadi: Antaliya (Toshkent va Samarqanddan chiptalar), Bodrum (Turkiyaning Egey qirg‘og‘iga turlar), Dalaman (Marmaris va Fethiye kabi kurortlarga maxsus shartlar), Karlovi Vari (Chexiyaga aviachiptalar va wellness-turlar).

Turlar va aviachiptalarni asialuxe.uz saytida, Asialuxe Travel ofislarida va O‘zbekiston bo‘ylab barcha sayyohlik agentliklarida bron qilish mumkin. Aksiya faqat 20 va 21 iyun kunlari amal qiladi.

Batafsil ma’lumot turoperatorning Telegram-kanalida (t.me/Asialuxe) e’lon qilinadi. Shuningdek, shartlarni o‘z sayyohlik agentingizdan bilib olishingiz mumkin.

Source: uznews.uz