Toshkentdagi “Xayot” hayvonlar boshpanasi o‘zining sakkiz yillik faoliyatini yakunlab, erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
Boshpana ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqt ichida 7 mingdan ortiq itni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, jami 15 mingdan ortiq hayvon yangi oilalarga topshirilgan. Shuningdek, boshpanada qutqarilgan eshaklar ham yashaydi, ularning bir qismi allaqachon oilalarga berilgan.
Boshpana jamoasi shahar tadbirlari, festivallar, ko‘rgazmalar va televideniye suratga olishlarida qatnashadi. Alohida yo‘nalish – “Mehr darslari” ma’rifiy loyihasi bo‘lib, 120 dan ortiq dars o‘tkazilgan va 30 mingdan ortiq bolalar hayvonlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish haqida bilim olgan.
Boshpana bilan bir qator loyihalar bog‘liq, jumladan Aral Vet Mission, Laykis Vet va Mushukkent. Hozirda jamoa asosiy maqsadlardan biri – uysiz hayvonlar uchun yangi zamonaviy qutqarish va reabilitatsiya markazi qurish.
Boshpanada ko‘ngillilar, qarovchilar, shifokorlar, xayriyachilar, homiylar, maktablar, universitetlar, kompaniyalar, ijodiy jamoa vakillari va hayvonlarga yordam beradigan barcha mehrli insonlarga minnatdorchilik bildirildi.
Avvalroq, Adliya vazirligi “Mehr va Oqibat” zoohimoya tashkilotining hayvonlarni chip bilan belgilash va sterilizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgani xabar qilingan edi.
Source: podrobno.uz