OFB mobil ilovasida yangi xizmat – hamyon funksiyasi ishga tushirildi. Foydalanuvchilar endi bir-biriga komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.
Xizmatni ulash uchun OFB ilovasini ochib, «O‘tkazmalar» bo‘limiga o‘tish kerak. So‘ng «Telefon raqami bo‘yicha» opsiyasini tanlab, «Hamyonga» tugmasini bosish lozim.
Keyingi qadamda kerakli hisobni tanlab, uning yonidagi kalitni faollashtirish va hamyon ulanishini tasdiqlash talab qilinadi. Yakuniy bosqichda ishonchli telefon raqamiga kelgan SMS-kodni kiritish zarur.
«Bank Orient Finance – tezlik va qulaylik» shiori ostida taqdim etilayotgan yangi xizmat mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
Source: uznews.uz