Tom Kruz 1962-yilda AQShning Sirakyus shahrida tug‘ilgan. U 1981-yilda “Cheksiz muhabbat” filmida ilk bor suratga tushgan va ikki yil o‘tib, “Xavfli biznes” filmida bosh qahramon rolini o‘ynagan. 1985-1986-yillarda “Afsona”, “Mohir mergan” va “Rangdor pullar” filmlaridagi ijrolari tomoshabinlar e’tiborini qozongan.
1988-yilda “Yomg‘ir odami”, 1990-yili “Momaqaldiroq bo‘lgan kun”, 1993-yilda “Firma” va 1994-yilda “Vampir bilan intervyu” filmlarida ishtirok etgan. 1999-yilda “Magnoliya” filmida suratga tushgan.
U qatnashgan “Kutilmagan tasodif”, “So‘nggi Samuray”, “Sherik”, “Barcha to‘g‘ri yurishlar” va “Kun qahramoni” kabi filmlar ham muvaffaqiyat qozongan.
Eng kassabop filmlaridan biri “Uddalab bo‘lmas topshiriq” seriyasining ilk qismi 1996-yilda, ikkinchisi 2000-yilda chiqarilgan. 2006-2018-yillarda uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi filmlar taqdim etilgan. Oxirgi ikki qismning premyerasi 2023-2025-yillarda bo‘lib o‘tgan.
2025-yilda Tom Kruz kinoga qo‘shgan hissasi uchun faxriy “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan. Sana munosabati bilan Gazeta Tom Kruz ishtirokidagi filmlar asosida test tayyorladi.
Source: www.gazeta.uz