Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Andijon viloyatining Marhamat tumanida 30-iyun kuni 16 yoshli qiz o‘zini Janubiy Farg‘ona kanaliga tashlab, suvda oqib ketgan. Hodisa “Ershi” mahallasi Nodirabegim ko‘chasidagi kanalda sodir bo‘lgan.

Qidiruv ishlari tezda boshlangan va 1-iyul kuni qizning jasadi Farg‘ona viloyati Toshloq tumani hududidagi kanal qismida topilgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Qizning o‘z joniga qasd qilish sabablari hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Shohrud kanalida cho‘milayotgan 17 yoshli fuqaro suvga cho‘kib ketgan edi. Uning jasadi bir sutkalik qidiruvdan so‘ng topilgan.

Source: www.gazeta.uz