Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida harakatlanayotgan Cobalt avtomobilining kapotiga kattalar uchun o‘yinchoq yopishtirilgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tekshiruv o‘tkazib, avtomobil egasining shaxsini aniqladilar. U voqea tafsilotlarini tushuntirdi.
«Men mashinani to‘xtatib qo‘ygan edim, bir ozdan keyin qaytib kelganimda bu buyum allaqachon kapotga yopishtirilgan edi. Uni o‘zim olib tashlay olmadim va ustaxonaga yo‘l oldim. Yo‘lda meni videoga olishibdi. Kechirim so‘rayman», — dedi u.
Ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ko‘rib chiqish natijasida huquqbuzarga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Source: uznews.uz