Medion Sport Premium sport majmuasida sun'iy to'lqinli sörfing maydonchasi ishga tushirildi. Maxsus qurilma haqiqiy to'lqinni simulyatsiya qiluvchi uzluksiz suv oqimini yaratadi.
Bu yerda tashrif buyuruvchilar sörfingning asosiy ko'nikmalarini o'zlashtirish, muvozanatni mashq qilish va texnikani nazorat ostida takomillashtirish imkoniyatiga ega.
Maydoncha birinchi marta doskaga chiqayotgan yangi boshlovchilar hamda tajribali faol dam olish ixlosmandlari uchun mo'ljallangan. Mashg'ulotlar maxsus jihozlar yordamida va instruktorlar nazorati ostida o'tkaziladi.
Ochilishdan oldin Medion Sport Premium murabbiylari uchun eksklyuziv o'quv seminari tashkil etildi. Unda taklif etilgan ekspert Denis Ivanovich Konovalov sun'iy to'lqinda ishlash xususiyatlari, xavfsizlik texnikasi va turli tayyorgarlik darajasidagi tashrif buyuruvchilar bilan mashg'ulot o'tkazish metodikasi bilan tanishtirdi.
Sun'iy to'lqinning ochilishi O'zbekistonda suv sporti turlarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi va poytaxt aholisi hamda mehmonlari uchun sport dam olishning yangi formatini yaratadi.
Source: uznews.uz