Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

1950-yil 12-sentabrda O‘sh shahrida tug‘ilgan Shavkat Rahmon o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri sifatida tanilgan. U 1966-yilda o‘rta maktabni tamomlab, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan. Shoirning dastlabki she’rlari O‘sh viloyati gazetalarida bosilib, adabiy olamga kirib kelgan.

Shavkat Rahmonning ilk she’riy to‘plami “Rangin lavhalar” 1978-yilda chop etilgan. Shundan so‘ng, 1981-yilda “Yurak qirralari”, 1983−1984-yillarda “Ochiq kunlar” va “Gullayotgan tosh” kitoblari nashr qilingan. 1986−1988-yillarda esa “Uyg‘oq tog‘lar” hamda “Hulvo” kabi she’riy to‘plamlari dunyo yuzini ko‘rgan.

Ijodkor nafaqat she’rlar yozish, balki tarjima sohasida ham faol bo‘lgan. U ispan shoiri Garsia Lorkaning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Shavkat Rahmonning “Saylanma” asari muallif vafotidan so‘ng, 1996-yildan keyin taqdim etilgan.

Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimining ijodi asosida test tayyorladi. Ushbu test shoirning boy merosini o‘rganish va yosh avlodga tanishtirishga qaratilgan.

Source: www.gazeta.uz