Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Hindiston kinematografiyasining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan Hema Malini 1948-yil 16-oktabrda Hindistonning Tamilnad shtatida dunyoga keldi. Uning san'at olamidagi faoliyati o‘tgan asrning o‘rtalariga borib taqalib, u o‘zining betakror iste'dodi va jozibasi tufayli millionlab muxlislar qalbidan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.

Aktrisa o‘zining debyut rolini 1965-yilda namoyish etilgan “Pandu bu dunyoni tark etadi” (“Pandava Vanavasam”) kartinasida ijro etgan. Shundan so‘ng, oradan uch yil o‘tib, u “Orzular sotuvchisi” (“Sapnon Ka Saudagar”) filmida suratga tushdi va bu uning kinodagi muhim qadamlaridan biri bo‘ldi.

1970-yilda “Mening ismib Jonni” (“Johny Mera Naam”) filmida ishtirok etgan bo‘lsa, 1972-yilda o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan, sevib tomosha qilinadigan “Zita va Gita” (“Seeta Aur Geeta”) hamda “Sevimli Raja” (“Raja Jani”) kabelarda bosh rollarni o‘ynab, haqiqiy shuhrat qozondi.

Shuningdek, 1975—1979-yillar oralig‘ida u “Qasos va qonun” (“Sholay”), “Changalzor qiroli” (“Maa”), shuningdek, sovet-hind ijodkorlari hamkorligida yaratilgan “Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari” kabi filmlarda turli xarakterdagi obrazlarni gavdalantirdi. 1980—1990-yillarda esa “Samrat”, “Qadimiy ibodatxona xazinalari” (“Taqdeer”) kabi ekran asarlarida ko‘rinish berdi.

Keyingi yillarda ham aktrisa “Vira va Zara”, “Bog‘bon”, “Ganga” singari mashhur kinolarda o‘ziga xos rollarni ijro etib keldi. Ushbu sana munosabati bilan OAVda uning boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan maxsus testlar va maqolalar e'lon qilindi.

Source: www.gazeta.uz