Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston prezidenti qarori bilan har bir hududdan ikki nafardan — jami 28 nafar xotin-qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Ular mamlakatda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, yurt ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgani uchun rag‘batlantirildi.

Mukofot sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida (20 mln 600 ming so‘m) pul mukofoti beriladi.

Source: www.gazeta.uz