Rossiya hukumati Moliya vazirligining migrantlar uchun davlat bojlarini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. To‘lovlar miqdori 10-12 barobarga ko‘payishi mumkin.
Yangi bojlar: yashash uchun ruxsatnoma — 6 mingdan 30 ming rublgacha (+400%); Rossiya fuqaroligi — 4,2 mingdan 50 ming rublgacha; kirish taklifnomasi — 960 dan 8 ming rublgacha; bir martalik viza — 1,2 mingdan 2 ming rublgacha; ko‘p martalik viza — 1,92 mingdan 6 ming rublgacha; vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma — 1,92 mingdan 15 ming rublgacha; chet el ishchilarini jalb qilish — 12 mingdan 15 ming rublgacha.
Shuningdek, yangi bojlar joriy etilmoqda: yashash ruxsatnomasini almashtirish — 6 ming rubl, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasining dublikati (shu jumladan o‘qish uchun) — 5 ming rubl.
Moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, bojlarning oshirilishidan federal byudjetga qo‘shimcha tushumlar 2026-yil 1-iyuldan boshlab yiliga taxminan 7,9 mlrd rublni, 2027-yil 1-yanvardan esa 15,8 mlrd rublni tashkil etadi.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, to‘lovlarning keskin oshishi yashirin bandlikning o‘sishiga, ishchilarni yollashning murakkablashishiga va Rossiyaning chet ellik talabalar va mutaxassislar uchun jozibadorligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Source: kun.uz