Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiyada 1 may kuni sun'iy yo'ldosh aloqasi uchun mo'ljallangan radioelektron vositalarni olib kirishga olti oylik taqiq kuchga kirdi. Tegishli qaror 30 aprel kuni e'lon qilingan.

Hujjatga ko'ra, xorijiy davlatlarning sun'iy yo'ldosh aloqasi (shu jumladan, ikki tomonlama maqsadlardagi) kosmik obyektlaridan radioto'lqinlarni uzatish va (yoki) qabul qilish uchun mo'ljallangan, Rossiya davlat radiochastota komissiyasining radiochastota diapazonlarini ajratish to'g'risidagi qaroriga ega bo'lmagan radioelektron vositalarni olib kirish taqiqlanadi.

Taqiqning bajarilishini nazorat qilish Federal bojxona xizmati va Federal xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklatilgan.

Hujjat, shuningdek, 2012 yildagi qarorga o'zgartirishlar kiritib, strategik muhim tovarlar ro'yxatini tegishli radioelektron vositalar toifasi bilan to'ldiradi.

Source: kun.uz