Olmaota shahrida 53 yoshli taniqli bloger va tadbirkor Saulle Bazarkhan (Saulle Yermaxanova) vafot etdi. U liposaksiya operatsiyasi vaqtida hayotdan ko‘z yumdi.
Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, fojea 2026-yil 15-may kuni Smart Beauty Clinic xususiy klinikasida yuz bergan. Ayol mahalliy behushlik ostida rejali liposaksiya uchun yotqizilgan. Shifokorlarning aytishicha, jarrohlik amaliyoti taxminan 1-1,5 soat davom etishi kerak edi.
Saullenining qizi operatsiya boshlanganidan keyin oila bir necha soat davomida onasining ahvoli haqida aniq ma’lumot ololmaganini ma’lum qildi. O‘lim haqida faqat kechqurun xabar berilgan. Qarindoshlar tez yordam kechikkanini va ayol taxminan uch soat davomida nazoratsiz qolganini da’vo qilmoqda.
Olmaota politsiya departamenti o‘lim faktini tasdiqladi va jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, klinikada ham tekshiruv boshlandi.
Saulle Bazarkhan muvaffaqiyatli tadbirkor va minglab obunachilarga ega bloger sifatida tanilgan edi. Uning o‘limi Qozog‘istonda keng rezonansga sabab bo‘ldi.
Smart Beauty Clinic klinikasi o‘lim faktini tasdiqladi, biroq shifokorlik siri sabab batafsil izoh berishdan bosh tortdi.
Source: kun.uz