Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Aqkenjenov mamlakat Rossiya bilan Xitoyga gaz yetkazib berish uchun yangi quvur liniyasi qurilishi bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Loyiha yiliga 35 milliard kub metrgacha gaz o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan quvurni o‘z ichiga oladi va “Sibir kuchi – 2” marshrutining davomi sifatida ko‘rilmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, quvur Qozog‘iston hududi orqali Xitoyga o‘tadi.

Aqkenjenov ta’kidlashicha, Ostona loyihani o‘z hududi orqali amalga oshirishdan manfaatdor va tranzit uchun barcha zarur shart-sharoitlar va kafolatlarni taqdim etishga tayyor.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, loyiha Qozog‘iston uchun strategik ahamiyatga ega, chunki u mamlakatning shimoliy va sharqiy mintaqalarini qo‘shimcha gaz bilan ta’minlash imkonini beradi.

Source: kun.uz