29-may kuni Qirg‘iziston hududida kuchli zilzila qayd etildi. Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 387 km shimoliy-sharqda joylashgan bo‘lib, chuqurligi 10 km ni tashkil etgan.
Zilzila magnitudasi 4,8 ga teng bo‘lgan. O‘zbekistonning Andijon viloyatida yer silkinishi sezilgan. Markaz mutaxassislari aholini vahima qilmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 3 kun ichida 6 marta zilzila qayd etilgan edi. Mutaxassislar mintaqadagi seysmik faollikni kuzatishda davom etmoqda.
Source: www.gazeta.uz