Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiya Federatsiyasi hukumati reaktiv dvigatellar uchun yoqilg‘i eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. Cheklov 2026-yil 30-noyabrgacha amal qiladi, deb xabar beradi hukumatning 30-maydagi qarori.

Taqiq, jumladan, birja savdolarida sotib olingan aviayoqilg‘iga ham tegishli. Qarorning maqsadi ichki yoqilg‘i bozorida barqaror vaziyatni ta’minlashdir.

Istisnolar yo‘l davomida havo kemalari tomonidan foydalaniladigan texnologik sig‘imlardagi yoqilg‘i, qaror kuchga kirgunga qadar bojxona tartibiga joylashtirilgan aviakerosin partiyalari va hukumatlararo kelishuvlar doirasidagi yetkazib berishlar uchun nazarda tutilgan.

Avvalroq Rostov viloyati Matveyev Kurganida uchuvchisiz havo vositalari hujumidan so‘ng favqulodda holat joriy etilgani haqida xabar berilgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum 31-mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Natijada yoqilg‘i saqlash ob’ektida yirik yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in maydoni taxminan 3600 kv. m.ni tashkil qilgan. Shuningdek, 17 turar-joy binosi, uchta do‘kon, dorixona va avtomobilga zarar yetgani aytilmoqda.

Source: kun.uz