Tojikistonning Xo‘jand shahrida 1-iyun kuni Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlari chog‘ida havo shari qulashi oqibatida uch kishi, jumladan, bir nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi.
Mahalliy “Farovon” kompaniyasi tomonidan Kamoli Xo‘jandiy teatri yoniga o‘rnatilgan havo shari kuchli shamol tufayli mahkamlash joyidan uzilib, nazoratsiz holda uylar tomiga qulagan.
Voqea natijasida 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rustam Saydaliyev eng og‘ir jarohatlarni oldi. U havo shari savatchasida bo‘lgan va argon uzilgach, yerga qulagan. U shoshilinch ravishda Xo‘jand shahar 1-sonli kasalxonasiga yotqizilgan.
Yana ikki mahalliy fuqaro – 40 yoshli ayol va uning 10 yoshli qizi ham jabrlangan. Ayolni uzilgan argon urib ketgan, qizi esa yengil jarohat olgan.
Hodisa aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik e’tiborini tortdi. Hozirda tashkilotchi kompaniya oqibatlarni bartaraf etish va zarar ko‘rgan uylarning tomlarini tiklash ishlarini boshlagan.
Source: podrobno.uz