Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Moskvada o‘zbekistonlik blogger Jasjan taxallusi bilan tanilgan Jasurbek Shodiyev hibsga olindi. Unga metroda provokatsion videolar tayyorlagani sabab bo‘lgan.

Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volkning ma’lumotiga ko‘ra, politsiya xodimlari internet monitoringi chog‘ida yigitning metro yo‘lovchilariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlari va mojaroli vaziyatlarni qo‘zg‘atgan videolarni aniqlagan.

Videolar muallifi tezda aniqlanib, u Moskva xalqaro aeroportlaridan birida Rossiya hududidan chiqib ketishga urinayotganda qo‘lga olingan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosiga nisbatan Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.1-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha protokol tuzilgan. Hozirda huquq-tartibot organlari tekshiruvni davom ettirmoqda. Yakuniga ko‘ra, protsessual qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda blogger Otabek Xamidov ushlangan edi.

Source: podrobno.uz