Moskva viloyatidagi Oka daryosida g‘avvoslar taniqli aktyor Aleksandr Vysokovskiyning jasadini topdilar. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi aktyorning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 30-iyun kuni huquqni muhofaza qilish organlariga 1963-yilda tug‘ilgan erkak o‘g‘li bilan birga Pushchino tarmog‘i hududida baliq ovlayotgani, bir payt daryo oqimi bo‘ylab uzoqlashgani va qaytib kelmagani haqida xabar kelib tushgan.
Ilgari ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallarida aktyorning baliq ovlash paytida g‘oyib bo‘lgani haqida ma’lumot tarqalgan edi. Voqea joyida Rossiya FVV g‘avvoslari, qidiruv otryadlari va Serpuxov shahri tergov bo‘limi tergovchilari ishlagan.
Aleksandr Vysokovskiy 62 yoshda edi. U eng ko‘p “Brigada” kult rus serialidagi Maks Karelskiy roli bilan tanilgan. Shuningdek, aktyor “Bumer” filmi, “Turetskiy marshi” seriali va boshqa ko‘plab kinolardagi rollari bilan tomoshabinlar xotirasida qolgan.
Source: podrobno.uz