O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni telefon orqali Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarbayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Davlat rahbari Nazarbayevga mustahkam sog‘lik, farovonlik va uzoq umr tiladi.
Mirziyoyev Nazarbayevning zamonaviy Qozog‘istonni shakllantirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari, strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashdagi ulkan hissasini alohida ta’kidladi.
Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash rishtalariga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori dinamikasini qayd etdilar.
Source: podrobno.uz