Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

4-sentabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiya Superligasi 4-turi o‘yinida "Bashakshehir" o‘z maydonida "Galatasaroy"ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev uy egalari safida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

O‘yinda hisobni 41-daqiqada "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osixen ochdi. 66-daqiqada "Bashakshehir" penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi va bu imkoniyatni Shomurodov golga aylantirdi — 1:1. Besh daqiqadan so‘ng Lukas Torreyra mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi.

76-daqiqada "Galatasaroy" himoyachisi Davinson Sanches o‘z darvozasiga gol urdi va hisob yana tenglashdi — 2:2. 79-daqiqada "Bashakshehir" futbolchisi Umut Bozok maydondan chetlatilgani uchun jamoa o‘n kishi bilan qoldi.

90-daqiqada Gabriel Sara "Galatasaroy"ga g‘alaba keltirgan golni urdi. Shomurodov butun uchrashuvni o‘tkazdi, Fayzullaev esa 74-daqiqada almashtirildi.

SofaScore tahliliy portali Shomurodov o‘yinini 7,4 ball, Fayzullaevnikini esa 6,9 ball bilan baholadi.

Bu gol Shomurodov uchun joriy mavsumdagi to‘rtinchi gol bo‘ldi. U Turkiya Superligasining har bir turida gol urishga erishdi: "Kodjaelispir", "Trabzonspor" va "Kasimpasha"ga qarshi o‘yinlarda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Source: uznews.uz