O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan navbatdagi telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari Rossiya Prezidentini tavallud kuni bilan tabriklagani ma'lum qilindi.
Muloqot davomida yetakchilar o‘zaro savdo hajmining ortib borayotgani hamda sanoat kooperatsiyasi, jumladan, energetika sohasidagi loyihalar rivojlanayotganini qayd etdilar. Tomonlar Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda uchinchi Huduslar kengashi natijalariga ijobiy baho berib, amaliy aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligini ta'kidladilar.
Bundan tashqari, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham e'tibor qaratildi. Xususan, yaqinda O‘zbekistonda "San'at olami" nomli Rossiya san'ati festivali o‘tkazilgani, hozirgi kunda esa Moskva shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tayotgani esga olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027-yil 1-yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida (MDH) raislik O‘zbekistonga o‘tishi va respublika ushbu tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammitiga mezbonlik qilishi haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz