Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

6-oktabr kuni Rossiyaning Sochi shahridagi «Sirius» federal hududi akvatoriyasida Liberiya bayrogʻi ostida harakatlanayotgan «Aframaks Rio» neft tankerida yongʻin sodir boʻldi. Rossiya transport vazirligining iddao qilishicha, kemaga ekipajsiz kater hujum qilgan. Novorossiyskdan Hindistonga xom neft tashi-ayotgan kema ekipaji toʻliq evakuatsiya qilingan boʻlib, ularning umumiy soni 23 kishini tashkil etgan.

Favqulodda hodisa oqibatida koʻtarilgan qalin tutun ustuni bir necha kilometr uzoqlikdan yaqqol koʻrinib turgan, Sochi markazida esa yoqimsiz kuyindi hidi sezilgan. Mahalliy maʼmuriyat yongʻin xavfi tufayli shaherdagi barcha plyajlarni yopishga majbur boʻlgan. Shu bilan birga, aholiga deraza va eshiklarni mahkam yopish, koʻchaga chiqqanda niqob taqish hamda iloji boricha tashqariga chiqmaslik qatʼiy tavsiya etilgan.

Biroq, matbuotda tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, rasmiy ogohlantirishlar yetarli darajada taʼsir koʻrsatmagan yoki kech berilgan. Xususan, Primorsk sohilida odamlar odatdagidek sayr qilishni davom ettirgan, umumiy ovqatlanish shoxobchalari oʻz faoliyatini toʻxtatmagan. Sochida sirenalar yangrab, xavf haqida oʻz vaqtida ogohlantirish berilmagani jamoatchilikda haqli savollarni tugʻdirdi.

Keyinchalik, 7-oktabr tongida Rossiya nazorat idoralari Qora dengiz akvatoriyasida jiddiy ifloslanish kuzatilmaganini maʼlum qilgan boʻlsa-da, vaziyat nazorat ostida ekanligi taʼkidlandi. Havo sifati boʻyicha ham ruxsat etilgan meʼyorlar buzilmagani aytildi, biroq xavfsizlik chorasi sifatida plyajlar yopiqligicha qolmoqda.

Source: kun.uz