Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Rossiyadagi o'ta xavfli infeksiyalar ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriya xodimi vafotiga sabab bo'lgan pnevmoniyaning kelib chiqish sabablari hali ham noma'lumligicha qolayotganini ma'lum qildi. Tashkilot bayonotiga ko'ra, marhum bilan muloqotda bo'lgan shaxslarda hech qanday xavfli patogenlar aniqlanmagan va ular kasallik alomatlarini ko'rsatmagan.
Rossiya rasmiy idoralari taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli laborant Darya Shipilova 2 oktyabr kuni noma'lum sharoitlarda vafot etgan. Ushbu fojia ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarib, taxminan 200 kishining vaqtincha karantinga olinishiga sabab bo'lgan edi. Dastlab o'ta xavfli o'lat kasalligi tarqalgani haqida xavotirlar bildirilgan bo'lsa-da, rus rasmiylari o'tkazilgan tahlillar bu taxminlarni tasdiqlamaganini idiyo qilmoqda.
Shuningdek, JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus Rossiya hukumatidan ikkinchi xodimda ham noma'lum pnevmoniya aniqlangani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berishni so'ragan. Biroq, rus rasmiylari bu kabi xabarlarni qat'iyan rad etib, ularni yolg'on ma'lumot deb atagan. G‘arb davlatlari, xususan, AQSh rejimi esa Moskvadan mazkur holat yuzasidan to'liq shaffoflikni talab qilmoqda.
Source: www.aljazeera.com