Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Rossiyaning Kaliningrad viloyatida Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchragani va uning ekipaji katapulta orqali chiqib omon qolgani maʼlum qilindi. Hodisa mamlakat harbiy aviatsiyasidagi navbatdagi jiddiy muammolarni yana bir bor kun tartibiga chiqardi.

️ Rossiya Mudofaa vazirligi tarqatgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, halokatga uchragan samolyot rejali oʻquv-mashgʻulot parvozini bajarayotgan boʻlgan. Shuningdek, idora qulagan qiruvchi bortida oʻq-dori boʻlmagani va u odamlar yashamaydigan hududga qulab tushganini daʼvo qilmoqda. Rasmiy bayonotlarda uchuvchilar oʻz vaqtida katapulta qilingani va ularning hayotiga xavf yoʻqligi taʼkidlangan.

️ Biroq, mustaqil va harbiy yoʻnalishdagi Telegram-kanal hamda blogerlar shu kuni yana bir Su-30 samolyoti yoʻqotilgani va uning ekipaji halok boʻlgani haqida xabarlar tarqatdi. Urush tarafdori boʻlgan ayrim manbalar bu kunni Havo-kosmik kuchlari uchun «nihoyatda ogʻir» deb atagan boʻlsa-da, ikkinchi hodisa rasman tasdiqlangani yoʻq. Mutaxassislar Rossiya harbiy aviatsiyasida jangovar harakatlardan tashqari sodir boʻlayotgan bunday koʻplab halokatlar texnik holat va nazorat borasida jiddiy savollar tugʻdirishini taʼkidlamoqda.

Source: kun.uz