Germaniya moliya vaziri Lars Klingbayl 2027-yilda davlat soliq tushumlari o‘sishini bashorat qilganiga qaramay, bu byudjetdagi mavjud teshiklarni yopishga yetmasligini tan oldi. Uning aytishicha, xalqaro inqirozlar va noaniqliklarga qaram German hukumati barqaror tendentsiyani kutayotgan bo‘lsa-da, yangi moliyaviy erkinliklar paydo bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, Germaniya transport tizimidagi muammolar ham hal etilmayapti. «Deutsche Bahn» vakillarining tan olishicha, mamlakat temir yo‘l tarmog‘idagi surunkali kechikishlar va eskirgan infratuzilma muammolari yaqin yillarda ham o‘z yechimini topmaydi. Uzun masofali poyezdlarning o‘z vaqtida kelish ko‘rsatkichi yildan-yilga yomonlashib bormoqda.
Mamlakat bo‘ylab kiberxavfsizlik va jamoat tartibi borasida ham jiddiy xavotirlar saqlanib qolmoqda. PHP kodidagi zaiflik tufayli o‘chirilgan davlat saytlari qkisman tiklangan bo‘lsa-da, mutaxassislar xakerlar sun'iy intellekt yordamida tezkor hujumlar uyushtirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Leipzig shahrida esa noma'lum shaxslar yigirmadan ortiq yuk mashinasini yoqib yuborgani sababli yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari siyosiy motivlarni istisno etmagan holda tergov harakatlarini boshlagan.
Source: www.dw.com