Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiyaning Astraxan viloyatida o‘z vatanida og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, 22 yashar erkak "Karauzek" avtomobil o‘tkazish punkti orqali Rossiya hududini tark etishga urinayotgan vaqtda to‘xtatib qolingan. Hozirda u O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishini kutib, tergov hibqxonasida saqlanmoqda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida gumonlanuvchiga nisbatan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga kirishish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston sudi tomonidan unga nisbatan sirtdan hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan edi. Shundan so‘ng u qidiruvga berilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining aniqlashicha, qo‘lga olingan shaxs Rossiyada noqonuniy ravishda yurgan. U bir necha oy davomida Volgograd viloyatidagi qurilish obyektlaridan birida ishlab kelgan. Migratsiya qoidalarini buzgani uchun u ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda shaxsni O‘zbekiston rasmiylariga topshirish bo‘yicha barcha zarur huquqiy tartib-qoidalar amalga oshirilmoqda. U o‘z jazosini muqarrar ravishda o‘tashi kutilmoqda.

Source: podrobno.uz