Qozogʻistonda tugʻilgan taniqli rossiyalik reper va jamoat faoli Mixail Mavashi (haqiqiy familiyasi — Shadrin) 41 yoshida bevaqt hayotdan koʻz yumdi. Musiqachining oʻlimi 24-oktabrdan 25-oktabrga oʻtar kechasi yuz berganligi maʼlum qilindi.
Ushbu qaygʻuli xabar sanʼatkorning rasmiy Telegram-kanalida uning yaqin safdoshi va doʻsti tomonidan eʼlon qilindi. Tarmoqqa joylashtirilgan maxsus videomurojaatda ijrochining kutilmaganda, baxtsiz hodisa oqibatida hayotdan koʻz yumgani aytilgan.
"Chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilishga majburmanki, oramizda katta fojia yuz berdi. Mixail Fedorovich Mavashi bugun tunda, 24-oktabrdan 25-oktabrga oʻtar kechasi, baxtsiz hodisa oqibatida olamdan oʻtdi. Hozircha hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmaymiz, vaziyatga oydinlik kiritmoqdamiz. Barcha shokda", — deya taʼkidlagan reperning yaqin doʻsti videomurojaatda.
Hozircha fojianing aniq sabablari va qanday baxtsiz hodisa roʻy bergani toʻgʻrisida rasmiy izoh berilmadi. Huquq-tartibot idoralari va marhumning yaqinlari voqea tafsilotlarini oʻrganishmoqda. Misha Mavashi oʻzining sogʻlom turmush tarzi, jang sanʼatlari hamda oʻtkir ijtimoiy mavzulardagi musiqiy treklari bilan keng muxlislar omboriga ega boʻlgan edi.
Source: podrobno.uz