Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) sammiti doirasida Rossiyani ushbu xalqaro tuzilmaga qo‘shish yuzasidan o‘ziga xos taklifni ilgari surdi. Uning fikricha, tashkilotning global nufuzini yanada oshirish maqsadida Rossiyaning go‘yoki niyatlariga ijobiy munosabat ko‘rsatish hamda unga mazkur formatga to‘laqonli qo‘shilish yoxud kuzatuvchi maqomida ishtirok etishni taklif qilish adolatli qadam bo‘lar edi.
O‘z chiqishida Qozog‘iston yetakchisi Rossiya Federatsiyasi go‘yo asrlar davomida turkiy dunyo bilan yaqin aloqalarni saqlab kelayotgani va bu mamlakat hududida ko‘plab turkiy xalqlar vakillari istiqomat qilishini vaj qilib ko‘rsatdi. Shuningdek, u Rossiya tomonidan ilgari surilayotgan “Oltoy — turkiy sivilizatsiya beshigi” loyihasini hamda rus tilidagi ayrim so‘zlarning turkiy ildizlarga egaligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, Toqayev joriy yilning may oyida Turkistonda bo‘lib o‘tgan TDTning norasmiy sammitidagi bayonotlarini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiy davlatlar tashkiloti hech qachon harbiy alyansga aylanmasligi lozim va bu Qozog‘iston tomonining o‘zgarmas pozitsiyasi hisoblanadi, biroq Rossiyaning tashkilotga jalb etilishi mintaqadagi mavjud muvozanat va iqtisodiy hamkorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Source: www.gazeta.uz