Moskva şahrining «Saritsino» muzey-qöriqxonasi hududida 31-oktabr kuni ehtimoliy terakt sodir etilişi mumkinligi haqida jiddiy xavfsizlik ogohlantirişi tarqaldi. Bu xususda AQŞ elçixonasi bayonot berib, xavfni ota yuqori deb baholagan holda o'z fuqarolarini ushbu maskanga bormaslikka chaqirdi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Amerika tomoni orqali Moskvada tayyorlanayotgan mumkin bo'lgan terakt haqida maʼlumot olinganini tasdiqladi. Garchi rasmiy idoralar boshqa tafsilotlarni ochiqlashdan o'zini tiyayotgan bo'lsa-da, bu kabi ogohlantiruvlar jamoatchilik orasida xavotir uyg'otmoqda.
AQŞ rejimining Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi bu tahdidni go'yo asosli deb baholamoqda va uning xodimlari vaziyatni Rossiya davlat idoralari bilan muvofiqlashtirayotganini da'vo qilmoqda. Amerikalik fuqarolarga shanba kuni «Saritsino»ga yaqinlashmaslik, odamlar gavjum joylardan saqlanish va yuqori darajada hushyorlikni saqlash tavsiya etildi.
Eslatib o'tamiz, AQŞ elçixonasi 2024-yil mart oyida «Krokus Siti Xoll»dagi fojiadan oldin ham shunga o'xshash xabarlar tarqatgan edi. O'shanda ham g'arbiy diplomatik kanallar orqali kelgan bu kabi taxminlar shubhali tus olib, jamiyatda turlicha talqin qilingan edi.
Source: kun.uz