Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyaning bir qancha federal yerlarida jamoat transporti xodimlari ish tashlash e'lon qildi, bu esa mamlakatning yirik shaharlarida, jumladan Gamburg, Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Saksoniya-Anhaltda yo'lovchilar tashishda katta muammolarga sabab bo'ldi. Bavariya poytaxti Myunxenda avtobus va tramvaylar depolarda qoldi, Shimoliy Reyn-Vestfaliyada esa bu hafta ikkinchi marta ish tashlash amalga oshirildi.

Ish tashlashlar Germaniya jamoat transporti sohasida davom etayotgan kollektiv shartnoma muzokaralari doirasida amalga oshirilmoqda. Verdi kasaba uyushmasi rahbari Kristin Bele ta'kidlashicha, ko'pgina hududlarda muzokaralar to'rtinchi oyga kirganiga qaramom, hali dastlabki bosqichda davom etmoqda. Ish tashlashlarning asosiy sabablari ish sharoitlari, jumladan ish vaqti, tanaffuslar va smenalar orasidagi dam olish muddatlari bilan bog'liq.

Shu bilan birga, Germaniya Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt mamlakat chegaralarida so'nggi may oyidan beri 30 mingga yaqin migrantlarning kirishiga ruxsat berilmaganligini ma'lum qildi. Vazir bu raqamni sezilarli deb baholab, chegaralarda nazoratni saqlab qolish zarurligini ta'kidladi. Chegara nazorati fevral oyida yana olti oyga, sentyabr oyining o'rtalarigacha uzaytirildi.

Dobrindtning so'zlariga ko'ra, qattiqroq choralar Germaniya siyosatidagi o'zgarishni ko'rsatib, kontrabandachilar uchun aniqlanish xavfini oshirmoqda. Shuningdek, vazir Yevropa Ittifoqining yangi boshpana qoidalari (yozda kuchga kiradi) va YI tashqi chegaralarini mustahkamlash tizimi muvaffaqiyatli bo'lsa, Germaniya vaqtincha ichki chegara nazoratidan voz kechishi mumkinligini umid qilmoqda.

Source: www.dw.com