AQSh Moliya vazirligi Eronning neft va neft mahsulotlari bilan bog‘liq sanksiyalarni 30 kun muddatga vaqtincha yumshatganini e’lon qildi. Yangi litsenziyaga ko‘ra, faqat litsenziya kuchga kirgan vaqtda yo‘lda bo‘lgan neft partiyalari bilan operatsiyalar ruxsat etiladi, yangi shartnomalar tuzish esa taqiqlangan holda qolmoqda.
Moliya vaziri Skott Bessent bu chora-tadbirlarni "tor yo‘naltirilgan" va "vaqtincha" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror dunyo bozoriga taxminan 140 million barrel neftni tezda chiqarishga imkon beradi, bu esa energiya manbalari narxlarini pasaytirish va tanqislikni qisman qoplashga yordam beradi. Narxlar o‘sishi, asosan, dunyo neft yetkazib berishining muhim qismi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozidagi kemachilik cheklovlari bilan bog‘liq.
Hozirda Eron neftining asosiy xaridori Xitob bo‘lib, u xomashyoni chegirma bilan sotib olmoqda. Vashingtonda bu hajmlarga vaqtincha kirishni ochish boshqa bozorlarga yetkazib berishni qayta taqsimlash va global narxlarga bosimni kamaytirishga imkon beradi, deb hisoblanadi. Shu bilan birga, Moliya vazirligi Eron ustidan "maksimal bosim" siyosati saqlanib qolinishini va Tehrunning eksport daromadlariga kirishi cheklanganligini ta’kidladi.
Source: kun.uz