Indoneziya poytaxti Jakarta yaqinidagi Bekasi shahri temir yo‘l stansiyasida ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi va o‘nlab kishi jarohatlandi. Qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda.
Hodisa dushanba oqshomida yuz bergan. Mahalliy temir yo‘l operatori KAI vakilining ma’lumotiga ko‘ra, shahar atrofi poyezdi va uzoq masofaga qatnovchi poyezd to‘qnashgan. Hozircha besh kishining jasadi topilgan, biroq qurbonlar soni oshishi mumkin.
Indoneziya Qidiruv va qutqaruv agentligi rahbari Muhammad Syafiyning aytishicha, vayronalar ostida hali tirik odamlar bor. Qutqaruvchilar metall konstruksiyalarni kesish uchun maydalagichlardan foydalanmoqda, ammo ish joyi torligi va vagonlarning jiddiy shikastlanishi tufayli jarayon sekin kechmoqda.
KAI matbuot kotibi Anne Purba besh kishi halok bo‘lganini, 79 kishi esa shifoxonada kuzatuv ostida ekanini tasdiqladi. Yana bir vakil Franoto Vibovoning so‘zlariga ko‘ra, avval shahar atrofi poyezdini taksiga urilib ketgan, natijada u relsda to‘xtab qolgan va uzoq masofa poyezdi bilan to‘qnashgan.
To‘qnashgan poyezdlar Jakartadan Cikarangga qatnovchi shahar atrofi poyezdi va Indoneziyaning eng tezyurar poyezdi hisoblangan Argo Bromo Anggrek (Jakarta-Surabaya yo‘nalishi) ekani aniqlangan. Indoneziyada temir yo‘l halokati tez-tez uchrab turadi: 2010-yilda 36 kishi, 2015-yilda esa 18 kishi halok bo‘lgan edi.
Source: www.aljazeera.com