Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) 2026-yil 1-maydan boshlab OPEC va OPEC+ ittifoqidan chiqishini rasman e'lon qildi. Bu haqda davlat axborot agentligi WAM energetika vaziri Suxayl al-Mazruiyga tayanib xabar berdi.

Qarorning rasmiy sabablari hozircha oshkor etilmagan, biroq manbalar kelishmovchiliklar, jumladan, qazib olish kvotalari bo'yicha tortishuvlar, Fors ko'rfazi hamkorlarining yetarli darajada qo'llab-quvvatlamasligi va mintaqaviy keskinlik, jumladan, Eronga oid so'nggi voqealar ta'sirini ko'rsatmoqda.

BAA — OPECning asoschilaridan biri (1967-yildan a'zo) va kuniga taxminan 3-3,5 million barrel neft qazib oladi. Mamlakat uzoq vaqtdan beri ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun ko'proq erkinlik olishga intilib, quvvatlarni kengaytirishga faol sarmoya kiritgan va yaqin yillarda kuniga 5-6 million barrelga yetishni rejalashtirmoqda.

BAAning chiqishi OPEC+ birligiga jiddiy zarba bo'lib, Amirliklarning kvotalardan tashqari ishlab chiqarishni oshirishiga, jahon neft narxlarining pasayishiga bosim o'tkazishiga va ittifoq ichida yangi muzokaralarga olib kelishi mumkin. Saudiya Arabistoni va karte'lning boshqa a'zolari allaqachon javob choralarini tayyorlamoqda. Tahlilchilar yaqin haftalarda neft bozorida o'zgaruvchanlikning oshishini prognoz qilmoqda.

«Biz ko'p yillik hamkorlik uchun sheriklarga minnatdormiz, ammo BAA iqtisodiyotining uzoq muddatli rivojlanishi yo'lida mustaqil qarorlar qabul qilish vaqti keldi», — dedi vazir al-Mazruiy.

Source: kun.uz