Saudiya Arabistoni Pro ligasida “Al-Nassr” jamoasi “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi. O‘yinning so‘nggi soniyalarida “Al-Nassr” darvozaboni Bento o‘z darvozasiga gol urib, jamoasini g‘alabadan mahrum qildi.
Agar “Al-Nassr” g‘alaba qozonganda, bu klubning yetti yil ichidagi ilk liga chempionligi bo‘lar edi. Kristianu Ronaldu 2023-yil yanvar oyida “Manchester Yunayted”dan “Al-Nassr”ga o‘tganidan beri birinchi marta mahalliy chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin edi.
“Al-Nassr” 33 o‘yindan 83 ochko bilan turnir jadvalida birinchi, “Al-Hilol” esa 32 o‘yindan 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ronaldu o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda “Orzu yaqin” deb yozdi.
Muxlislarga o‘yin boshida bepul futbolkalar tarqatilgan edi, shuning uchun tribunalar sariq rangga to‘lgan edi. “Al-Nassr”ning navbatdagi o‘yini 21-may kuni “Damak”ga qarshi bo‘lib, g‘alaba qozonsa, chempionlikni qo‘lga kiritadi.
Source: www.aljazeera.com