Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Transfermarkt portali 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning bozor qiymatini e'lon qildi. Reyting yetakchisi Fransiya terma jamoasi bo'lib, uning tarkibi 1,48 milliard yevroga baholangan.

Ikkinchi o'rinni Angliya egalladi – 1,31 milliard yevro, uchinchi o'rinda esa Ispaniya – 1,27 milliard yevro. Kuchli o'ntalikka Germaniya (998 million yevro), Portugaliya (957 million yevro), Braziliya (909 million yevro), Niderlandiya (837 million yevro), Argentina (816 million yevro), Norvegiya (601 million yevro) va Turkiya (536 million yevro) kirdi.

O'zbekiston terma jamoasining may oyidagi yig'inga chaqirilgan 40 futbolchisining umumiy transfer qiymati 78,73 million yevroni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich bilan “oq bo'rilar” jahon chempionati ishtirokchilari orasida 35-o'rinni egalladi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo'lib o'tadi. Turnirda ilk bor 48 terma jamoa ishtirok etadi. Ochilish o'yini 11 iyun kuni Mexikodagi “Azteka” stadionida Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi o'rtasida bo'ladi.

O'zbekiston terma jamoasi turnirdagi ilk o'yinini 18 iyun kuni Mexikodagi “Azteka” stadionida Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi. Ikkinchi turda, 23 iyun kuni, Fabio Kannavaro shogirdlari Xyustonda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan to'qnash keladi. Guruh bosqichining yakuniy o'yini 28 iyun kuni Atlantada Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi bo'ladi.

Source: podrobno.uz