️ Buyuk Britaniya yengil atletika federatsiyasi (UK Athletics) 350 000 funt sterling (471 000 dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Bu qaror 2017-yilda Londonning Nyuham tumanidagi sport markazida paralimpiyachi Abdulla Hayayiyning halok bo‘lishi bilan bog‘liq.
️ Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan 36 yoshli sportchi 2017-yilgi Jahon para yengil atletika chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Mashg‘ulot vaqtida disk uloqtirish uchun mo‘ljallangan metall qafas uning ustiga qulab tushgan.
️ Hayayiy 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida nayza uloqtirish va yadro itarish bo‘yicha debyut qilgan edi. Voqea joyida uning o‘lganligi aniqlangan.
️ Politsiya va sog‘liqni saqlash xavfsizligi tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, disk qafasining metall asos plitalari yo‘q bo‘lgan. UK Athletics fevral oyida korporativ qotillikda aybini tan oldi va 44 000 funt sterling (59 000 dollar) sud xarajatlarini to‘lashga majbur bo‘ldi.
️ 2017-yilgi Jahon para yengil atletika chempionati sport bo‘limi rahbari 78 yoshli Keyt Devis ham “Mehnat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunni buzganlikda aybini tan oldi. U 175 soatlik majburiy jamoat ishlari bilan shartli jazoga hukm qilindi.
️ Buyuk Britaniya Jinoyat prokuraturasi xodimi Kolin Gibbs: “UK Athletics xavfsizlikni boshqarishda qo‘pol beparvolik qilgani shubhasiz, bu esa iqtidorli sportchining o‘limiga sabab bo‘ldi. Ular jihozlarni jiddiy xavfli holatda qoldirishgan va janob Hayayiyning o‘limi butunlay oldini olish mumkin edi”, dedi.
️ UK Athletics sodir bo‘lgan voqea uchun chuqur va chin dildan afsuda ekanligini bildirdi. Tashkilot bayonotida: “Bu ishdagi kamchiliklar hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak edi. Hech narsa bo‘lganni qaytara olmasa-da, ushbu voqealardan saboq olish va butun yengil atletikada kuchli standartlar va kafolatlarni ta’minlashga qat’iy e’tibor qaratilmoqda”, deyilgan.
Source: www.aljazeera.com