FIFA Jahon Chempionati 2026 tarixdagi eng yirik turnir bo‘lishga va’da bermoqda. 39 kunlik musobaqada 48 ta jamoa ishtirok etadi va uchta mezbon davlat – AQSh, Meksika va Kanada o‘yinlarni o‘tkazadi.
Turnirning rasmiy to‘pi “Trionda” (ispanchada “uch to‘lqin”) deb nomlanadi. Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan bu to‘p ichiga o‘rnatilgan IMU sensor chipi orqali sekundiga 500 marta ma’lumot yig‘adi va to‘pning 3D fazodagi harakatini kuzatadi. FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, bu texnologiya VAR tizimiga real vaqt rejimida aniq ma’lumot uzatadi, ayniqsa ofsayd holatlarini aniqlashda yordam beradi.
FIFA va Lenovo hamkorligida AI asosida 3D o‘yinchi avatarlari yaratiladi. Har bir futbolchi bir soniya ichida skanerdan o‘tkazilib, uning tanasining aniq o‘lchamlari qayd etiladi. Bu ma’lumotlar yarim avtomatik ofsayd texnologiyasini takomillashtirish va muxlislarga ofsayd qarorlarini yanada realistik ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Hakamlar tana kamerlarini kiyib olishadi, bu esa muxlislarga o‘yinni futbolchilar nuqtai nazaridan ko‘rish imkonini beradi. Bundan tashqari, Meksika politsiyasi robot itlardan foydalanadi. Guadalupe shahri 2,5 million peso (145 000 dollar) evaziga sotib olingan bu robotlar xavfli hududlarga kirib, jonli video uzatadi.
Yangilangan yarim avtomatik ofsayd texnologiyasi endi o‘yinchini 10 sm ofsaydda bo‘lganda ham aniqlaydi va hakamlarga real vaqtda audio signal beradi. Biroq, bu tizim subyektiv qarorlar yoki o‘yinchilar bir-biriga juda yaqin bo‘lgan holatlarda ishlamaydi.
Har bir bo‘limning 22-daqiqasida uch daqiqalik suv tanaffusi o‘tkaziladi. Bu qaror futbolchilarning salomatligini himoya qilish maqsadida qabul qilingan va ob-havo sharoitidan qat’iy nazar amal qiladi.
Source: www.aljazeera.com